O‘zbekiston — rossiya sayyohlari uchun Yangi yil ta’tillarida eng ommabop yo‘nalishlar qatorida

Rossiyalik sayyohlar vizasiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar mavjud bo‘lgan mamlakatlarga ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Buni mehmonxonalarni bron qilish xizmatlari ma’lumotlari tasdiqlamoqda
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiyaliklar Yangi yil ta’tillarida eng ko‘p Tailand, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ga sayohat qilishni rejalashtirmoqda. Yaqin xorij yo‘nalishlaridan esa Belarus va O‘zbekiston eng ommabop manzillar qatoriga kirdi. Bu haqda Ostrovok onlayn bron xizmati RIA Novostiga ma’lum qildi.
Kompaniya 26-dekabrdan 11-yanvargacha bo‘lgan davrda xorijiy mehmonxona va apartamentlarni bron qilish bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qildi.
Yangi yil bayrami uchun buyurtmalar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar quyidagilar bo‘ldi: Belarus, Tailand, Turkiya, O‘zbekiston, BAA, Gruziya, Qozog‘iston, Abxaziya, Armaniston va Xitoy.
"Ostrovok" ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik sayyohlar hali ham vizasiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarni afzal ko‘rishmoqda.
Eng tez o‘sish Osiyo yo‘nalishlarida qayd etildi. Jumladan:
Vyetnamga bo‘lgan talab — 2,5 baravarga,
Xitoyga — deyarli 2 baravarga oshgan.
Shuningdek, Hindiston (68%), Tailand (36%) va Indoneziya (12%) ham ijobiy o‘sishni ko‘rsatgan.
Yaqin Sharq yo‘nalishlariga qiziqish ham yuqori bo‘lib qolmoqda. Misr va BAAda bron qilishlar 2 baravarga, Turkiyada esa 66 foizga oshgan.
MDH va qo‘shni mamlakatlar orasida esa Qozog‘iston eng tez o‘sishni qayd etdi — bu yo‘nalish bo‘yicha bronlar o‘tgan yilga nisbatan 2,5 baravarga ko‘paygan.
Turizm hajmi 4,4 mlrd dollarga yetdi — rossiyalik sayyohlar soni 1 millionga yaqinlashmoqda