Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Sankt-Peterburgda Zelenskiy uchun ibodat qilayotgan sekta qo‘lga olindi

Guruh a’zolari Rossiya askarlari haqida qassddan yolg‘on ma’lumot tarqatib, Ukraina qurolli kuchlari foydasiga ibodat qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Sankt-Peterburgda Zelenskiy va Ukraina Qurolli kuchlari uchun ibodat qilayotgan radikal sektaning 70 nafa a’zosi hibsga olindi.
Politsiya xabariga ko‘ra, Admiralteyskiy tumanida joylashgan "Yagona tamoyil maktabi" Ukrainada tashkil etilgan bo‘lib, Rossiya hududida "diniy o‘sish" niqobi ostida Ukraina foydasiga targ‘ibot bilan shug‘ullanib kelgan.
Xususan, guruh a’zolari o‘z yig‘ilishlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining yutuqlarini muhokama qilishgan va Zelenskiyning sog‘lig‘i uchun ibodat qilishgan.
Shuningdek ular ushbu yig‘ilishlarda guruh rahbarlari "rus askarlarini haqoratli so‘zlar bilan atab Ukraina harbiylarini "yorug‘lik kuchlari" deb atagan va tunu kun ularning muvaffaqiyati uchun ibodat qilishgan.
Guruh a’zolariga o‘z faoliyatlarini pravoslav ruhoniylariga oshkor qilish taqiqlangan, ammo ularga o‘z oila a’zolarini jalb qilish vazifasi yuklatilgan.
Sektaga Sankt-Peterburg aspirantura pedagogik ta’lim akademiyasining professori va boshqa OTM professorlari rahbarlik qilgan.
Ayni damda guruhning barcha a’zolari tergov qilinmoqda. Ular Rossiya Qurolli kuchlari haqida qasddan yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ular 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.