Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatidagi Kosovsevoni ozod qildi

"Sharq" qo‘shinlar jangchilarining qat’iy harakatlari natijasida bunga erishilgan.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojye viloyatidagi Kosovsevo qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga kirishni davom ettirdi va qat’iy xatti-harakatlar natijasida Zaporojye viloyatining Kosovsevo aholi punktini ozod qildi", - deyiladi xabarda.
Kecha Rossiya harbiylari Svato-Pokrovskoe qishlog‘ini ozod qilishga muvaffaq bo‘lgandi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi Zaporojye viloyatidagi qishloqni ozod qildi