Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari DXRda yana bir qishloq ustidan nazorat o‘rnatdi

Shuningdek, “Janub” qo‘shinlari bir qator aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlariga jiddiy talofat yetkazgan
Sputnik
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Donesk Xalq Respublikasining Svato-Pokrovskoe qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
"Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Svato-Pokrovskoe aholi punktini ozod qildi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ma’lumotda qayd etilishicha, “Janub” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari DXRning Konstantinovka, Kramatorsk, Nikiforovka va Reznikovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining mexanizatsiyalashgan, tog‘-hujum, motopiyoda hamda dengiz piyodalari brigadalari tuzilmalariga jiddiy talofat yetkazgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi Zaporojye viloyatidagi qishloqni ozod qildi