TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat kengashining yakuniy yig‘ilishini o‘tkazmoqda. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yig‘ilish Rossiya iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, uning davomida davlat rahbari 2026-yilni “Rossiya xalqlari birdamligi yili” deb e’lon qilganini ma’lum qildi.
Rossiya prezidentining asosiy bayonotlari:
2024 yilda 19 ta milliy loyiha amalga oshirila boshlandi, shundan 8 tasi Rossiyaning texnologik liderligiga qaratilgan.
Bandlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 97,8 foizga yetdi va ishsizlik tarixiy past daraja — 2,2 foizni tashkil etmoqda.
2022 yildan beri iqtisodiyotga qo‘shimcha 2,6 million nafar fuqaro jalb etildi.
Mehnat bozorida hozirda ishchi kuchi tanqisligi kuzatilmoqda.
Kelgusi 7-yilda 12,2 million nafar fuqaroni iqtisodiyotga jalb qilish lozim.
Ayrim tarmoqlarda talab taklifdan ancha yuqori, ayniqsa malakali ishchilar va muhandis kadrlarga ehtiyoj katta.
Bitta ro‘yxatga olingan ishsiz (ishchi kasbi bo‘yicha)ga qariyb 28 ta bo‘sh ish o‘rni to‘g‘ri keladi.
Konstruktorlar, texnologlar va loyihachilarga talab yuqori.
Injenerlar tayyorlash tizimi o‘zgarmoqda, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi rivojlantirilmoqda.
Sun’iy intellekt va texnologik o‘zgarishlar
Kelgusi 10–15 yil ulkan texnologik o‘zgarishlar va sun’iy intellekt jadal rivojlanishi davri bo‘ladi.
Sun’iy intellekt hayotning barcha sohalariga kirib bormoqda va mehnat bozorini o‘zgartirmoqda.
Sun’iy intellekt tizimli o‘zgarishlarni olib keladi, shu bois kadrlar siyosatida oldindan harakat qilish zarur.
Sun’iy intellekt boshlang‘ich darajadagi ishchilarni, shu jumladan, kreativ va intellektual mehnatning ayrim turlarini bosqichma-bosqich almashtiradi.
Shu bilan birga, sun’iy intellekt yangi ish o‘rinlarini, xususan muhandislik, ma’lumot bilan ishlash va mas’uliyat talab qiluvchi sohalarda yaratadi.
Ta’lim, kasbiy o‘sish va istiqbol
Mutaxassis tayyorlash va karyera o‘sishining an’anaviy modeli o‘zgaradi.
Kadrlar tayyorlashning butun paradigmasini o‘zgartirish kerak.
Kadrlar tayyorlashning butun paradigmasini o‘zgartirish kerak.
Bugun insonning asosiy raqobat ustunligi — jamoada ishlash qobiliyati.
Sun’iy intellekt ta’sirida ish o‘rinlari qisqarishi mumkin bo‘lgan sohalar:
ulgurji va chakana savdo, moliya, sug‘urta, davlat boshqaruvi va boshqa sohalar.
ulgurji va chakana savdo, moliya, sug‘urta, davlat boshqaruvi va boshqa sohalar.
Kadrlarga talab yuqori bo‘ladigan sohalar: ishlab chiqarish sanoati (ayniqsa yuqori texnologiyalar), axborot va aloqa, ta’lim, ilmiy, texnik va muhandislik faoliyati.
Yangi texnologiyalar pedagog kadrlarni ommaviy qayta tayyorlashni talab qiladi.
Ta’limda mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlashni saqlash juda muhim.
Rossiya hukumati 2036-yilgacha ta’limni rivojlantirish strategiyasini tayyorlamoqda.
Rossiya hukumati 2036-yilgacha ta’limni rivojlantirish strategiyasini tayyorlamoqda.