TOShKENT, 25 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yilda rasmiy bayramlar paytida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va bayramlarni qayta rejalashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Qayd etilishicha, bu "fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash"ga qaratilgan.
Qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar:
2025 yil 31-dekabr, chorshanba — barcha xodimlar uchun (ish haftasi turidan qat’i nazar);
2026 yil 2-yanvar juma, 28-may payshanba, 29-may juma, 31-avgust dushanba — barcha xodimlar uchun;
3 yanvar shanba, 30-may shanba, 31-dekabr payshanba — olti kunlik ish haftasiga ega xodimlar uchun.
Bayramlar tufayli dam olish kunlarini ko‘chirish:
8 mart — Xotin-qizlar kuni (yakshanba) + 9-mart (dushanba — hamma uchun);
21 mart — Navro‘z (shanba) + 23-mart (dushanba — besh kunlik ish haftasiga ega ishchilar uchun);
9 may — Xotira va qadrlash kuni (shanba) + 11-may (dushanba — besh kunlik ish haftasiga ega xodimlar uchun).
Ish kunini ko‘chirish:
Besh kunlik ish haftasiga ega xodimlar uchun dam olish kuni 2026-yilda 12-dekabr — shanba kunidan 31-dekabr — payshanba kuniga ko‘chiriladi.
Qaysi bayramlarda uzun dam olish kunlari bo‘ladi:
Yangi yil-2026 — 5 kun (31 dekabr — 4-yanvar) — hamma uchun;
8 mart — 3 kun (7−9 mart);
Navro‘z — 3 kun (21−23 mart) — Ramazon hayiti bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda;
9 may — 3 kun (9−11 may);
Qurbon hayiti — 4 kun (28−31 may) — barcha uchun;
Mustaqillik kuni — 4 kun (31 avgust — 1-sentabr);
Yangi yil-2027 — 4 kun (31 dekabr — 3-yanvar).
Farmonda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ta’kidlangan.
Hujjat bilan Turizm qo‘mitasi va Madaniy meros agentligiga qo‘shimcha ta’tillar davomida turistik diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish va mehmonxona xizmatlari uchun aksiyalar va chegirmalar tashkil etish topshirilgan.
Hududiy hokimiyat organlari va tegishli idoralarga sanatoriy va dam olish maskanlarida aksiyalar o‘tkazish va xizmatlar uchun chegirmalar berish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, "Uzbekistan Airways" va "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyalariga ichki reyslarda chegirmalar va aksiyalar o‘tkazish tavsiya etiladi.