Brendlar, SI va imtiyozli kreditlar: to‘qimachilikni rivojlantirish rejalari belgilandi

To‘qimachilik sohasida ishlab chiqarish, investitsiya va eksportni oshirishga qaratilgan aniq maqsadlar hamda amaliy rejalar belgilab olindi.
Sputnik
TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘qimachilik sanoatida 2025-yil yakunlari va 2026-yil uchun ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
2026 yilda paxta xomashosini chuqur qayta ishlash, gazlama, trikotaj va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish rejalashtirilgan. Ishlab chiqarish hajmini 147 trillion so‘mga, eksportni 3,3 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Tarmoqqa 2,2 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, yangi ishlab chiqarish va mato bo‘yash quvvatlari barpo etiladi. Sohadagi asosiy muammolar sifatida importga qaramlik, yuqori moliyaviy xarajatlar, logistika va kadrlar yetishmasligi qayd etildi.
Bu masalalarni hal etish uchun 200 million dollar imtiyozli kredit ajratish, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, yirik brendlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, marketing tadqiqotlarida ishtirok etish, xorijiy korxonalar relokatsiyasini rag‘batlantirish, eksportchi korxonalar sonini oshirish, xalqaro standartlar, raqamlashtirish va sun’iy intelektni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Prezident taklif etilgan chora-tadbirlarni ma’qullab, tegishli vazifalarni belgilab berdi.
Hukumat qarori: yengil sanoat korxonalarining ayrim xarajatlari qoplab beriladi