TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatidagi Zarechnoe aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga kirishni davom ettirdi va Zaporojye viloyatining Zarechnoe aholi punktini ozod qildi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi kuni kecha Dnepropetrovsk viloyatida joylashgan Andreyevka aholi punkti egallangani tafsilotlarini ham ochiqladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu hudud “Sharq” qo‘shinlari guruhi tarkibidagi 29-armiyaning 36-gvardiyachi motoo‘qchi brigadasi bo‘linmalari tomonidan nazoratga olingan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Andreyevka to‘qqiz kvadrat kilometrdan ortiq hududni qamrab olgan va dushman mudofaasining muhim nuqtalaridan biri hisoblangan. Janglar davomida 510 taga yaqin bino va inshootlar tekshiruvdan o‘tkazilgan. Xabarda dushman ishchi kuchi va texnikasi yo‘qotishlarga uchragani qayd etilgan.
Shuningdek, Andreyevka ustidan nazorat o‘rnatilishi Gaychur darosining g‘arbiy qirg‘og‘ida keyingi harakatlar uchun plasdarmni kengaytirish imkonini bergani ta’kidlanadi.