O‘zbekiston va YeOII

Rossiya va Markaziy Osiyo munosabatlarida ishonch hal qiluvchi omilga aylandi - ekspert

2025 yil yakunlari bo‘yicha ekspertlar Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarda ishonchning mustahkamlanishi va integratsiya jarayonlarining kuchayganini qayd etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo va Rossiya — 2025: yil yakunlari va kelajak istiqbollari” mavzusidagi ekspert brifingida Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarda ishonch va ishonchlilik 2025-yilning asosiy natijalaridan biri ekani qayd etildi. Bu haqda “Berlek-Yedinstvo” geosiyosiy tadqiqotlar markazi vakili Artur Suleymanov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ekspertning ta’kidlashicha, 2025-yilda yevroosiyochilik falsafiy tushunchadan mintaqadagi o‘zaro munosabatlarning amaliy modeliga aylandi.

"Bugun yevroosiyochilik endi falsafa emas, balki mamlakatlarimizni birlashtiradigan va munosabatlarni mustahkamlash uchun haqiqiy samara beradigan Yevroosiyoning yangi ijtimoiy arxitekturasidir", — dedi Suleymanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi siyosiy ishonch yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Asosiy xalqaro muzokaralardan so‘ng Rossiya rahbariyati birinchi navbatda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilari bilan aloqada bo‘ladi. Aynan shu ishonch Yevroosiyo integratsiyasini mintaqaviy barqarorlikning muhim omiliga aylantirmoqda.
Shuningdek, Suleymanov tashqi tahdidlarga qaramay, Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi barqaror rivojlanayotganini qayd etdi. Uning ma’lum qilishicha, YeOII mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 foizdan ko‘proqqa, o‘zaro savdoda noenergetika sektorining ulushi esa 20 foizga oshgan.

Ekspert qo‘shma energetika loyihalari, jumladan, AES qurilishiga kompleks yondashuv orqali Markaziy Osiyoda energiya taqchilligi muammosini hal etishda “Rosatom”ning rolini ham ta’kidladi.

Brifing yakunida iqtisodiyot, xavfsizlik va “yumshoq kuch” masalalariga bag‘ishlangan sakkizta davra suhbati natijalari muhokama qilindi.
Ermitajda MDH rahbarlari savdo va hamkorlik masalalarini muhokama qildi