TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti "Rosatom" bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda. Bu haqda matbuot anjumani doirasida institut direktori Ilhom Sodiqov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Yetmishinchi yillardan beri o‘tkazilgan modernizatsiyadan so‘ng reaktorimiz hozirda TVEL kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Novosibirsk kimoviy konsentratlar zavodida (NZXK) ishlab chiqarilgan yoqilg‘idan foydalanmoqda”, — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, NZXK uran-silitsid kompozit materialli, uran miqdori odatdagidan 20 foizga ko‘p va yuqori zichlikka ega bo‘lgan mutlaqo yangi TVS (reaktor uchun yoqilg‘i yig‘masi) ishlab chiqdi.
“Biz har ikkala yangi tajribaviy TVSni ham bundan roppa-rosa bir hafta oldin institutimizga olib keldik va hozirda yangi tajribaviy TVSlarni sinovdan o‘tkazishni boshlashga tayyorgarlik ko‘rapmiz”, — dedi Sodiqov.
Ma’lum qilinishicha, 2026-yil aprel oyida Yadro fizikasi instituti Rossiyadan reaktor uchun yana 28 ta TVSni qabul qiladi. Yil oxiriga yoki 2027-yil boshiga kelib esa qo‘shimcha ravishda yana 28 ta TVS yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
“Shunday qilib, biz doimiy ravishda NZXK bilan hamkorlik qilamiz, Rosatom tomonidan TVEL kompaniyasi NZXKda ishlab chiqarilgan yoqilg‘ini sinovdan o‘tkazamiz va reaktorimizda ishlatamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.