Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya armiyasi Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlarida ikki qishloqni ozod qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shinlar Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlarida ikki aholi punktini nazorat ostiga olgan.
Sputnik
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Rossiya armiyasi Xarkov viloyatidagi Prilipka va Dnepropetrovsk viloyatidagi Andreyevka qishloqlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar bilan Xarkov viloyatining Prilipka aholi punktini nazorat ostiga oldi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga kirishni davom ettirib, Dnepropetrovsk viloyatining Andreyevka aholi punktini ozod qilgani qayd etilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari Xarkov viloyatidagi aholi punktini ozod qildi