Matbuot markazi

Anons: "Sputnik" matbuot markazida elektron retseptlar tizimi haqida ma’lumot beriladi

Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida elektron retseptlarning yangi tizimi muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida ertaga, 24-dekabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da "O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish. Elektron retseptlarning yangi tizimi" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar:
Ruslan Sultanov — "Uzinfocom" kompaniyasining sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘yicha direktori;
Navro‘zbek Allaberganov — Sog‘liqni saqlash vazirligining raqamli texnologiyalarni joriy etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;
Mavluda G‘iyosova — Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassisi;
Galina Durmanova — Toshkent shahar Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
Tadbir davomida ishtirokchilar Vazirlar Mahkamasining "Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining asosiy qoidalari haqida ma’lumot beradi. Xususan, quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish;
tibbiy yordam samaradorligini oshirish;
bemorlar xavfsizligini ta’minlash;
dori vositalari aylanmasini boshqarishning samarali tizimini yaratish.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
"Elektron retsept" tizimini joriy etish tartibi belgilandi