Chiqindilar o‘z vaqtida olib ketiladi: ishchi guruh tuzildi

Qayd etilishicha, tadbirlardan maqsad aholi orasida Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, atrof-muhitni ozoda s.aqlash va ekologik vaziyatning yanada yaxshilanishiga hissa qo‘shishdan iborat.
Sputnik
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. 2025 yil 20-dekabrdan 2026-yilning 10-yanvariga qadar butun respublika bo‘ylab e’lon qilingan “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari doirasida chiqindilarni rejadan tashqari, navbatchilik asosida o‘z vaqtida olib ketish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
Ushbu tadbirlar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov tomonidan e’lon qilingan.
Unga ko‘ra, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligida respublika ishchi shtabi tashkil etilib, tadbir davomida sanitar tozalash korxonalari tomonidan barcha hududlar qattiq maishiy chiqindilardan tozalanadi.
Shuningdek, chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va shikoyatlar yuzaga kelganda agentlikning “1205” qisqa raqamiga 24/7 rejimida murojaat qilish mumkinligi ta’kidlangan.
“Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” giyohvandlik va chiqindi muammosini aniqlaydi