AES: turizmga ta’siri, ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va suv ta’minoti masalalariga izoh berildi

O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi doirasida turizm, xavfsizlik, yadro yoqilg‘isini saqlash va suv ta’minotiga oid asosiy masalalar bo‘yicha rasmiy izohlar berildi.
Sputnik
TOShKENT, 23 dek – Sputnik Atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi O‘zbekistonning turizm imkoniyatlariga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan jamoatchilik eshituvlarida "O‘zatom" direktori Azim Axmedxadjayev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Axmedxadjayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masala Turizm qo‘mitasi vakillari bilan ham muhokama qilingan.
"Ular ham “qanday ta’siri bo‘lishi mumkin?” degan savolni ko‘tarishdi. Biz ekspertlik darajasida batafsil javob berganmiz", — dedi u.
Azim Axmedxadjayev
Axmedxadjevga ko‘ra, ushbu masala Turizm qo‘mitasi vakillari bilan ham muhokama qilingan.
"Ular ham “qanday ta’siri bo‘lishi mumkin?” degan savolni ko‘tarishdi. Biz ekspertlik darajasida batafsil javob berganmiz", — dedi u.
Shuningdek, u ko‘lning narigi tomonida turizm majmuasi qurilishi rejalashtirilganini eslatib, kelgusida ushbu soha ham AESda ishlab chiqariladigan energiyadan foydalanishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, eshituvlarda Atom energetikasini rivojlantirish agentligi huzuridagi AES qurilishi direksiyasi davlat korxonasining sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhit bo‘limi boshlig‘i Aleksandra Xidirnazarova ishlatilgan yadro yoqilg‘isini saqlash tartibiga oydinlik kiritdi.
Uning ma’lum qilishicha, ishlatilgan yadro yoqilg‘isi dastlabki 10-yil davomida ruxsat etilgan meyorlar doirasida maxsus saqlash havzalarida saqlanadi. Ushbu muddatdan so‘ng yoqilg‘i reaktor oldi havzalaridan chiqarilib, ishlab chiqaruvchi mamlakat — Rossiyaga vaqtincha olib ketish uchun maydonchada jamlanadi.
Osnovnim istochnikom vodosnabjeniya AES budet Yujniy Golodnostepskiy kanal
"Olib ketish jarayonlari har doim O‘zbekiston tomonidan imzolangan xalqaro konvensiyalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ular qatoriga ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash bo‘yicha Birlashgan konvensiya, shuningdek, yadroviy va radiatsiya xavfsizligiga oid hujjatlar kiradi", — dedi Xidirnazarova.
Shuningdek, u O‘zbekistondagi AESni suv bilan ta’minlashning asosiy manbai Janubiy Mirzacho‘l kanali bo‘lishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, ushbu manba butun ekspluatatsiya davri uchun kafolatlangan suv uzatish parametrlariga ega.
"Suv resurslari taqchilligining oldini olish maqsadida aylanma suv ta’minoti tizimi hamda quruq sovutish texnologiyasi joriy etiladi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Rosatom tajribasi: seysmik faol hududlardagi yechimlar O‘zbekiston AESda qo‘llaniladi