"Zarhal Buxoro": an’ana va zamonaviylik muloqoti — foto

Navbatdagi ko‘rgazma mamlakatning eng qadimiy madaniy markazlaridan biri — Buxoroning noyob badiiy hunarmandchilik merosiga e’tibor qaratadi.
Sputnik
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida "Hunarmand" uyushmasi bilan hamkorlikda "Zarhal Buxoro" ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma Buxoro hunarmandchilik an’analarining davomiyligi va ularning zamonaviy amaliy san’atdagi ifodasini aks ettiradi.
"Zarhal Buxoro" ko‘rgazmasi O‘zbekiston hunarmandchilik markazlariga bag‘ishlangan keng ko‘lamli ekspozitsiyalar silsilasining navbatdagi bosqichidir. Farg‘ona vodiysiga bag‘ishlangan loyihadan so‘ng ushbu ko‘rgazma mamlakatning eng qadimiy madaniy markazlaridan biri — Buxoroning noyob badiiy hunarmandchilik merosiga e’tibor qaratadi.
Asrlar davomida karvon yo‘llari chorrahasida shakllangan Buxoro hunarmandchilik maktabi turli etnomadaniy an’analarni o‘zida mujassam etgan. Ekspozitsiyada zamonaviy ustalar tomonidan yaratilgan kulolchilik, zarduzlik, yog‘och o‘ymakorligi, zargarlik, kandakorlik, miniatura, kashtachilik va gilam to‘qish san’ati namunalari taqdim etiladi. Bu asarlar o‘tmishni takrorlash emas, balki an’ananing zamonaviy badiiy tafakkur bilan uyg‘un davomidir.
1 / 20
2 / 20
3 / 20
4 / 20
5 / 20
6 / 20
7 / 20
8 / 20
9 / 20
10 / 20
11 / 20
12 / 20
13 / 20
14 / 20
15 / 20
16 / 20
17 / 20
18 / 20
19 / 20
20 / 20

"Buxoro madaniyati o‘tmish xotirasi emas — u bugungi kunda ham ustalar ijodida yashab, yangi mazmun bilan boyib bormoqda", dedi buxorolik zardo‘z Aziz Ro‘ziyev.

Loyiha bugungi kunda hunarmandchilik markazlarida kechayotgan dolzarb jarayonlarga murojaat qilib, mahalliy maktablar, mualliflik texnologiyalari va estetik tamoyillarni asrashning madaniy va strategik ahamiyatini ochib beradi. Ko‘rgazma tarixiy meros bilan zamonaviylik o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlab, amaliy san’atning yuqori professional namunalarini keng jamoatchilikka taqdim etadi.