O‘zbekiston yosh shaxmatchilari Jahon chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

Antaliyada o‘tgan shaxmat bo‘yicha rapid va blis yo‘nalishlaridagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. 16–21 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida 9–17 yosh toifalarida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada O‘zbekiston vakillari jami 12 ta medal — 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Chempionatda 33 ta davlatdan 314 nafar shaxmatchi ishtirok etgan bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasi 36 nafar vakil bilan qatnashdi.
Jahon chempionati sovrindorlari:
Omonov Asrorjon — 17 yoshgacha, rapid, oltin medal
Begmuratov Humoyun — 15 yoshgacha, rapid, oltin medal; blis, bronza medal
Olimova Ruqiya — 15 yoshgacha, rapid, oltin medal
Xalilova Madinabonu — 17 yoshgacha, rapid, kumush medal; blis, oltin medal
Komiljonova Lazizabonu — 13 yoshgacha, blis, oltin medal
Botiraliyev Abdimajid — 13 yoshgacha, rapid, kumush medal
Hikmatxonova Mohinur — 13 yoshgacha, blis, bronza medal
Husnitdinova Husnoraxon — 11 yoshgacha, blis, bronza medal
Abduhakimov Akbarali — 17 yoshgacha, blis, bronza medal
Ne’matillaxonov Nurmuhammad — 9 yoshgacha, rapid, bronza medal
Ikkinchi o‘rin musobaqa mezboni Turkiya terma jamoasiga (8 ta medal) nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni FIDE jamoasi 6 ta medal bilan yakunladi.
Shaxmatchi Javohir Sindarovga faxriy unvon va 3 xonali xonadon berildi