Moskvada Andrey Stenin nomidagi XII xalqaro fotojurnalistika tanlovi boshlandi

Andrey Stenin nomidagi xalqaro fotojurnalistika tanlovi an’anaviy ravishda 22-dekabr kuni start oldi. Bu yil ishtirokchilar uchun yangi — "Hayot energiyasi" nominatsiyasi joriy etildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. 2014 yil yozida Donesk yaqinida halok bo‘lgan "Rossiya segodnya" media guruhi fotomuxbiri xotirasiga bag‘ishlangan Andrey Stenin nomidagi xalqaro fotojurnalistika tanlovi an’anaviy ravishda uning tug‘ilgan kuni — 22-dekabrda boshlandi.
"Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov tanlov 12-marotaba o‘tkazilayotganini ma’lum qilib, joriy yilda ishtirokchilar uchun yangi — "Hayot energiyasi" nominatsiyasi joriy etilganini ta’kidladi. Ushbu nominatsiyada 34 yoshdan oshgan fotojurnalistlar ishtirok etishi mumkin. Qolgan yo‘nalishlar esa 18–33 yoshli mualliflar uchun ochiq.
Tanlov oltita nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi: "Asosiy yangiliklar", "Sport", "Mening sayyoram", "Portret. Zamonamiz qahramoni", "Yuqoridan ko‘rinish" hamda yangi "Hayot energiyasi". Ayrim nominatsiyalar yakka surat va fotoserial toifalariga bo‘lingan.
Fotojurnalistlar o‘z ishlarini tanlov sayti orqali rus tilida — stenincontest.ru, ingliz tilida — stenincontest.com manzillarida 2026-yil 28-fevralgacha topshirishlari mumkin.

2025 yilgi tanlov mukofot jamg‘armasi har bir nominatsiyada birinchi o‘rin uchun 125 ming, ikkinchi o‘rin uchun 100 ming, uchinchi o‘rin uchun 75 ming rubldan iborat. Gran-pri sohibiga 700 ming rubl topshiriladi.

XII xalqaro fotojurnalistika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi an’anaga ko‘ra 2026-yil sentabr-noyabr oylarida Moskvada bo‘lib o‘tadi. Turli yillarda hakamlar hay’ati tarkibiga Vladimir Vatkin (Rossiya), Gabriel Chekkoni (Italiya), Sefa Karajan (Turkiya), Xuan Kanete (Argentina) kabi taniqli fotograflar kirgan.
Tanlov sovrindorlari asarlari Rossiya va xorijiy shaharlar bo‘ylab ko‘rgazmalarda namoyish etiladi. Ushbu tanlov Rossiyaning YuNESKO ishlari bo‘yicha komissiyasi homiyligida o‘tkazilib, yosh fotojurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy fotojurnalistikaga jamoatchilik e’tiborini jalb etishni maqsad qilgan.
Toshkentda “Talabalik go‘zali” tanlandi - eng sara suratlar