Iqlim muammolariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda “yashil” yechimlar muhokama qilindi

“Green University”da ekologik muammolarga tabiatga asoslangan yechimlar bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda iqlim va suv muammolariga alohida e’tibor qaratildi
Sputnik
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. 19–20 dekabr kunlari "Green University"da “Ekologik muammolarning tabiatga asoslangan yechimlari” mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Ochilish marosimida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, bioxilma-xillikning yo‘qolishi kabi muammolarga duch kelayotganini ta’kidladi. Anjumanning maqsadi — ekologik islohotlarni ilmiy-nazariy asosda muhokama qilish.
Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ko‘kalamzorlashtirishni 30%ga, yashil energetika ulushini esa 54%ga yetkazish, Orolbo‘yida o‘rmonzorlar hajmini kengaytirish kabi maqsadlar belgilangan.
Anjumanda mahalliy va xorijiy mutaxassislar atmosfera ifloslanishi, suv xo‘jaligi va innovatsion yechimlar bo‘yicha ma’ruzalar qildi. Shuningdek, anjumanda Termiz shahri misolida havo ifloslanishini baholash va boshqarish bo‘yicha tavsiyalar muhokama qilindi.