TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Moskvada “Vladimir Putin bilan yil yakunlari” jonli efiri davom etmoqda.
Rossiya prezidenti Ukraina mojarosi bo‘yicha qator bayonotlar berdi:
- "RF qurolli kuchlari dushmanni Kursk yeridan quvib chiqarganidan so‘ng tashabbus to‘liq bizga o‘tdi. Qo‘shinlarimiz mutlaqo barcha yo‘nalishlarda hujum qilmoqda, dushman esa chekinmoqda. Qayerdadir tezroq, qayerdadir sekinroq, lekin hamma joyda.
- Rossiya harbiylari Qizil Limanning qariyb yarmini ozod qildi va tez orada uni to‘liq qo‘lga kiritadi;
- Bizning guruh Zaporojye viloyati bo‘ylab juda tez harakatlanmoqda va birin-ketin bitta punktni bo‘shatmoqda. Hozir Gulyaypolning yarmi qo‘l ostimizda.
- Ostonada turishning nima keragi bor? Uyga kir. To‘g‘rimi? Agar Kupansk ularning qo‘l ostida bo‘lsa (Putin Zelenskiyga shahardan bir necha kilometr uzoqlikdagi stella yonida suratga tushishni emas, Kupanskka kirishni taklif qildi).
- Nima ham derdim, artist! - (Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy haqida).
- Joriy yil oxirigacha biz Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining jangovar tutashuv chizig‘i bo‘ylab yangi yutuqlariga guvoh bo‘lamiz.
- Strategik tashabbus to‘liq Rossiya Qurolli Kuchlari qo‘liga o‘tdi, qo‘shinlar barcha yo‘nalishlarda hujum qilmoqda, dushman chekinmoqda