TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Yevropa Ittifoqining Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga urinishlari talonchilik, biroq ular buning uddasidan chiqa olmayapti, chunki bu jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bu haqda Rossiya rahbari Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida ma’lum qildi.
"O‘g‘rilik degan so‘z bu holatga to‘g‘ri kelmaydi. Negaki, o‘g‘rilik mol-mulkni yashirincha o‘g‘irlashni anglatadi. Bu esa talonchilik. Nega bu talonchilikni amalga oshirib bo‘lmayapti? Chunki talonchilar uchun oqibatlar og‘ir bo‘lishi mumkin”, - dedi Rossiya rahbari.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining Rossiya aktivlari bilan Ukrainaga “reparatsion kredit” berishga intilishi har bir Yevropa mamlakatlari uchun oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Bu har bir mamlakatning budjet qarzini oshiradi. Fransiyada davlat qarzi 120 foizni tashkil etadi.
Rossiya rahbari aktivlar musodara qilingan taqdirda YeI uchun bundan ham og‘irroq oqibatlar bo‘lishini ta’kidladi. Shu harakatlar nafaqat yevrohudud imidjiga zarba, balki unga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga olib keladi.