Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi: parlament va iqtisodiyotda yangi kelishuvlarga erishildi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada parlament va hukumat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, parlamentlararo hamkorlik, savdo, investitsiya va sanoat kooperatsiyani kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida qator yuqori martabali amaldorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi spikeri Fukushiro Nukaga bilan muzokaralarda O‘zbekiston–Aponiya hamkorligini mustahkamlash, parlament qo‘mitalari, mahalliy kengashlar va Yaponiya prefekturalari assambleyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev provol vstrechi s visokopostavlennimi ofitsialnimi litsami Yaponii
Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, parlamentdagi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik ligalari raisi Taro Aso bilan uchrashuvda strategik sheriklikni, jumladan, parlamentlararo yo‘nalishda yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuvlar yakunida 2026-yilda navbatdagi Parlamentlararo forumni O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shavkat Mirziyoyev provol vstrechi s visokopostavlennimi ofitsialnimi litsami Yaponii
Shuningdek, Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri Rosey Akazava bilan uchrashuvda savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlash, muqobil energetika, karbonsizlantirish va o‘ta muhim xomashyo sohalarida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. JETRO va ROTOBO ishtirokida ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib olindi.
Mirziyoyev Yaponiya imperatori va Parlament Maslahatchilar palatasi prezidenti bilan uchrashdi