TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Senatning 12-yalpi majlisida ayrim tadbirlar uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni nazarda tutuvchi "2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qonun maqullandi.
Ta’kidlanishicha, tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish va qo‘shimcha xarajatlar manbalarini aniqlash zarurati yuzaga kelgan.
Qonunga muvofiq, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish, shuningdek, ko‘p kvartirali uylar va ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
Bundan tashqari, mavjud mablag‘larni maqbullashtirish hamda ularning bir qismini qo‘shimcha xarajatlarga yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.