TOShKENT, 17 dek — Sputnik. BMT Bosh assambleyasi natsizmni ulug‘lashga qarshi kurash bo‘yicha Rossiya tomonidan taklif qilingan rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.
Avvalroq hujjatni Bosh Assambleyaning uchinchi qo‘mitasi ma’qullagan edi. Hujjatni 119 ta davlat, shu jumladan O‘zbekiston va barcha Markaziy Osiyo davlatlari qo‘llab-quvvatladi, 51 ta davlat qarshi chiqdi, jumladan, Ukraina, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Fransiya, Germaniya va boshqa bir qator Yevropa davlatlari. Yana 10 ta davlat betaraf qoldi.
Genassambleya OON prinyala rezolyutsiyu o protivodeystvii geroizatsii natsizma
© telegram sputnikuzbekistan
/ "Natsizmni ulug‘lash, neonatsizm va irqchilik, irqiy kamsitish, ksenofobiya va ular bilan bog‘liq murosasizlikning zamonaviy shakllarini kuchaytirishga hissa qo‘shadigan boshqa amaliyotlarga qarshi kurash" rezolyutsiyasi 70 tadan ortiq banddan iborat.
Hujjat, xususan, natsizmni ulug‘lashtirish va targ‘ib qilish bilan bog‘liq voqealarni qoralaydi, davlatlarni irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berishga chaqiradi va Ikkinchi jahon urushi tarixi va natijalarini qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘ymaslik uchun choralar ko‘rishni tavsiya qiladi.