TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Rossiya armiyasi Dnepropetrovsk viloyatidagi Gerasimovka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Sharq” qo‘shinlari guruhining 29-armiyasi tarkibidagi 36-gvardiya motoo‘qchi brigadasining hujum bo‘linmalari faol jang harakatlari davomida aholi punktini nazoratga olgan. Shu bilan birga, Gaychur darosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi plasdarm ham kengaytirilgan.
Daroning g‘arbiy sohili bo‘ylab ilgarilash davomida Ukraina Qurolli kuchlarining bir nechta tayanch punktlari yo‘q qilingan. Natijada front bo‘ylab ikki kilometrgacha, chuqurlikda esa bir kilometrgacha bo‘lgan hudud nazorat ostiga olingan.
Janglar chog‘ida dushmanning ikkita zirhli jangovar mashinasi,, “Baba-Yaga” turidagi 12 ta geksakopter yo‘q qilingani, shu hududda mudofaada turgan dushmanning jonli kuchi zararsizlantirilgani qayd etildi.
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Gerasimovkani egallash “Sharq” qo‘shinlari guruhi uchun Gaychur darosining g‘arbiy qirg‘og‘ida mustahkamlanishda muhim bosqich bo‘lib, Dnepropetrovsk viloyati ichkarisiga hujumni davom ettirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi.