Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Putin Mudofaa vazirligi yig‘ilishida maxsus operatsiya, NATO, yadroviy qurollar haqida gapirdi

Rossiya rahbari yig‘ilishda maxsus harbiy operatsiya, Qurolli Kuchlarni rivojlantirish va mudofaa sanoatida erishilgan asosiy natijalarga to‘xtaldi.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Mudofaa vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida qatnashdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
O‘z nutqida Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiya, Qurolli Kuchlarni rivojlantirish hamda mudofaa sanoatining asosiy natijalariga to‘xtaldi.
Asosiy bayonotlar:
— o‘tayotgan yil maxsus harbiy operatsiya vazifalarini bajarishda muhim bosqich bo‘ldi, Rossiya armiyasi butun front chizig‘ida strategik tashabbusni qo‘lga kiritdi va uni ushlab turibdi;
— qo‘shinlar oldinga ilgarilab, dushman guruhlari va zaxiralarini, jumladan, xorijda tayyorlangan va zamonaviy qurollar bilan ta’minlangan bo‘linmalarni yo‘q qilmoqda;
— joriy yilda 300 tadan ortiq aholi punktlari, shu jumladan, mustahkamlangan yirik shaharlar ozod etildi;
— so‘nggi oylarda orttirilgan taktik va operativ tajriba strategik muhim yo‘nalishlarda hujum sur’atlarini oshirish imkonini bermoqda;
— NATO davlatlari tomonidan harbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay, Rossiya qo‘shinlari yuksak jangovar qobiliyat namoyon etmoqda;
— armiya va flot zamonaviy qurol-yarog‘, yuqori aniqlikdagi raketa majmualari, dronlar va robototexnika bilan o‘z vaqtida ta’minlanmoqda;
— “Burevestnik”, “Poseydon” va “Oreshnik” kabi yangi strategik qurollar Rossiyaning xavfsizligi va strategik barqarorligini ta’minlaydi;
— strategik yadroviy kuchlarni takomillashtirish, sun’iy intellekt, robototexnika va kosmik guruhlashni rivojlantirish ustuvor vazifa hisoblanadi;
— maxsus operatsiya qatnashchilari va harbiy xizmatchilarning oilalari uchun ijtimoiy kafolatlarni kengaytirish davlat ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Frontdagi katta yutuq: Krasnoarmeysk va Volchansk ozod qilindi — Putinga hisobot berildi