O‘zbekiston va YeOII

YeOII va O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish quvvatlari loyihalari sharhi ko‘rib chiqildi

YeIK Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar hamda kuzatuvchi davlat — O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan loyihalar sharhini ko‘rib chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Sanoat va agrosanoat majmuasi bo‘yicha Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar hamda YeOII huzuridagi kuzatuvchi davlat — O‘zbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan loyihalar sharhini ko‘rib chiqdi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjat sanoat sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, aviatsiya, avtomobilsozlik, kemasozlik, qishloq xo‘jaligi, temir yo‘l, energetika mashinasozligi, radioelektronika va boshqa ustuvor tarmoqlardagi investitsiyalar hajmi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan amaliy tahliliy vosita hisoblanadi.
YeOIIda sanoat hamkorligining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq, komissiya bunday sharhlarni har yili tayyorlaydi. Bu esa asbob-uskunalar, qurilish resurslari iste’moli hamda texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha uzoq muddatli ehtiyojlarni aniqlash imkonini beradi.

"YeOII sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega. Sharhda keltirilgan ma’lumotlar Ittifoqqa a’zo davlatlar sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uskunalar, xomashyo, butlovchi qismlarni texnologik yetkazib berish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi", — dedi YeIK sanoat va agrosanoat vaziri Goar Barsegan.

O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII savdo aylanmasi 16 mlrd dollardan oshdi – Aripov