TOShKENT, 16 dek – Sputnik. Rossiya armiyasi Xarkov viloyatidagi Novoplatonovka qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"G‘arb" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Xarkov viloyatining Novoplatonovka aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov 12-gvardiyachi Shepetovskiy Qizil Bayroq ordenli Suvorov va P.P. Polubayarov nomidagi Kutuzov polklari qo‘mondonligi hamda shaxsiy tarkibini Novoplatonovka aholi punktini ozod qilish munosabati bilan tabrikladi.