Erondan 200 ming tonnagacha kartoshka importi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekiston va Eron kartoshka importini yo‘lga qo‘yish, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti va sertifikatlarni onlayn almashish masalalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Eronga tashrif buyurib, mamlakat O‘simliklar karantini xizmati rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda O‘zbekistonning limon, uzum, o‘rik va gilos mahsulotlarini Eronga eksport qilish uchun fitosanitar xavf tahlili bo‘yicha hujjatlar yakuniy bosqichga yetgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonning fitosanitar talablariga mos kartoshka mahsulotini yetkazib berish masalasini muhokama qildi. Import hajmi 100 ming tonnadan 200 ming tonnagacha yetishi mumkin.
Eron hukumati kartoshka importchilari uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqilishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida fitosanitar sertifikatlarni onlayn almashish maqsadida milliy axborot platformalarini integratsiya qilish hamda bu yo‘nalishda maxsus "yo‘l xarita" ishlab chiqishga kelishib olindi.
Chuvashiya Buxoro viloyatiga elita kartoshka urug‘ini yetkazishib berishi mumkin