TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Markaziy Osiyo (MO) davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilish "Inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida hamkorlik" mavzusida o‘tkazildi. Unda inson huquqlari, ijtimoiy adolat va ekologiya sohalarida parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Prinyata Sovmestnaya deklaratsiya zasedaniya glav parlamentov gosudarstv SA i Korei
© Senat Oliy majlisa
Shuningdek, iqtisodiy hamkorlik va raqamli transformatsiya, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Ekologiya yo‘nalishida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va parlament nazoratini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining navbatdagi IV yig‘ilishi 2026-yilda Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.