TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari 2027-yilda futbol bo‘yicha U-20 jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlarni bir vaqtda imzoladi.
Qarorlar quyidagi rasmiy manbalarda e’lon qilindi:
— O‘zbekiston: president.uz
— Ozarbayjon: president.az
— O‘zbekiston: president.uz
— Ozarbayjon: president.az
Qayd etilishicha, ushbu qadam Toshkent va Bokuning har tomonlama, jumladan, gumanitar va sport sohalarida hamkorlikni izchil rivojlantirishga qaratilgan umumiy yondashuvlarini, shuningdek, o‘zaro ishonch va yirik qo‘shma xalqaro loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini aks ettiradi.
Ma’lum qilinishicha, futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionatining o‘tkazilishi O‘zbekiston va Ozarbayjonning xalqaro imijini mustahkamlash, yoshlar sportini rivojlantirish, shuningdek, do‘stlik, o‘zaro tushunish va halol raqobat qadriyatlarini targ‘ib qilishga muhim hissa qo‘shadi.