TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari ozod qilingan Krasnoarmeysk shahri hududiga kassetali o‘q-dorilarni qo‘llamoqda. Bu haqda Rossiyaning “Markaz” qo‘shinlari guruhi razvedkachisi, “Murka” chaqiruv nomi bilan tanilgan harbiy xizmatchi RIA Novostiga ma’lum qildi.
"Shahar ko‘chalarida juda ko‘p "qo‘ng‘iroqchalar" (kassetali o‘q-dorilar elementi - tahr.) va "gulbarglar" (piyodalarga qarshi PFM-1 "Gulbarg" minasi - tahr.) yotibdi. Ozod qilingandan keyin UQK o‘z zarbalarini kuchaytirdi va endi "kassetalar" bilan Krasnoarmeyskka yanada tez-tez zarba bermoqda", - dedi "Murka."
Harbiyning fikricha, bunday harakatlar Rossiya qo‘shinlarining Donesk Xalq Respublikasi hududi bo‘ylab oldinga siljishini to‘xtatishga qaratilgan.
"Shaharda hali ham tinch aholi borligi ularni tashvishga solmaydi. Bu ko‘chalardan suvga chiqqan bolalar bilan ishi yo‘q. Ularga baribir," - deya qo‘shimcha qildi "Murka".
Ma’lumot uchun: kassetali o‘q-dorilar ko‘plab mayda portlovchi elementlarga ajralib ketishi sababli tinch aholi uchun yuqori xavf tug‘diradi. Shu bois bunday qurol turi ko‘plab davlatlarda taqiqlangan, ayniqsa aholi yashaydigan hududlarda qo‘llanishi xalqaro gumanitar tashkilotlar tomonidan keskin tanqid qilinadi.