TOShKENT, 15 dek – Sputnik. Rossiya armiyasi Dnepropetrovsk viloyati hududida joylashgan Peschanoe qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Dnepropetrovsk viloyatining Peschanoe aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Rossiyskie voyska osvobodili Peschanoe v Dnepropetrovskoy oblasti, soobshili v Minoboroni RF
© telegram sputnikuzbekistan
/ Shuningdek, avvalroq “Sharq” qo‘shinlari guruhi jangchilari Zaporojye viloyatidagi Varvarovka qishlog‘ini ham ozod qilgani ma’lum qilingan edi. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda qo‘lga kiritilgan taktik ustunlik keyingi hujum operatsiyalarini amalga oshirish uchun plasdarm shakllantirishga imkon bergan.