Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina armiyasi asirga tushishi mumkin bo‘lgan o‘z askarlari pozitsiyalariga o‘zi zarba bermoqda

Alaudinovga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari asirga tushishi mumkin bo‘lgan o‘z jangchilari joylashgan nuqtalarga o‘zi zarba bermoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlari Sumi viloyatida jangchilar asirga tushishi mumkin bo‘lgan o‘z pozitsiyalariga maqsadli zarba bermoqda. Bu haqda RIA Novostiga "Axmat" maxsus kuchlari qo‘mondoni, Rossiya Mudofaa vazirligi bosh harbiy-siyosiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, general-leytenant Apti Alaudinov ma’lum qildi.
Avvalroq Alaudinov maxsus kuchlar jangchilari Sumi viloyatida bufer zonani shakllantirishda "Shimol" guruhining 15-tank polki bilan birgalikda Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarining bir qismini izolyatsiya qilganini ma’lum qilgan edi.
"Asirlarni qo‘lga olish vazifasi bajarilishi mumkin, ammo ularni bu hududdan olib chiqish deyarli imkonsiz hisoblanadi, chunki dushman ham asirlar olib chiqilmasligi uchun hamma narsani qilmoqda. Ular o‘z jangchilarining asirga tushganini qayd etishi bilanoq, bizning qo‘limizga tushmasligi uchun bu joyni yer bilan yakson qila boshlaydi," - dedi Alaudinov.
Alaudinov ta’kidlashicha, bu kabi vaziyatlar “Axmat” jangchilari harakatlanayotgan uchastkalarda deyarli har kuni sodir bo‘lmoqda.
"Umuman olganda, biz harakatlanayotgan hududda bizning yigitlar har kuni tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Shu vaqtda ukrain jangchilariga asirlikka tushishni taklif qilishadi. Lekin ular (Ukraina Qurolli Kuchlari — tahr.) bu haqda qaror qabul qilishlari bilanoq, dushman bu joyni ishg‘ol qilib, o‘z jangchilarini o‘zi yo‘q qilishni boshlaydi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ozod qilingan Krasnoarmeyskdan birinchi videolavha