O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda chegara tekshiruvi 10 daqiqagacha qisqarishi mumkin —Rossiya tashabbusi muhokama qilindi

OKTSning 52-yig‘ilishida ishtirokchilar joriy yilgi ish natijalarini muhokama qildilar va kelgusi yil uchun rejalarni tasdiqladilar
Sputnik
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tgan Operativ hamkorlik va tegishli xizmatlar kengashi (OKTS)ning 52-yig‘ilishida 26 ta masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ularning markazida — chegara nazorati, iqtisodiy xavfsizlik va elektron bojxona tizimlarini takomillashtirish bo‘ldi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘iga muvofiq, chegarada nazoratdan o‘tish vaqtini 10 daqiqagacha qisqartirish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu maqsadda avtomobil o‘tkazish punktlarida elektron axborot asosida avtomatlashgan nazorat tizimi joriy etish konsepsiyasi qo‘llab-quvvatlandi.
Uchrashuvda, shuningdek, bojxona qiymati va tranzit nazorati bo‘yicha qarorlar qabul qilindi hamda xatarlar va tasniflash yuzasidan ishchi guruhlar hamkorligining umumiy yondashuvlari kelishib olindi.
Alohida blok tovarlarni yagona tartibda tasniflashga bag‘ishlandi. Mineral konsentratlar, qon bosimi o‘lchash asboblari va pnevmosistema uchun resiverlar kabi 8 turdagi tovar pozitsiyasi bo‘yicha yagona tasnif ishlab chiqildi.
Elektron savdo hajmi ortishi munosabati bilan xalqaro pochta jo‘natmalari orqali yetkazib berilayotgan tovarlar uchun nointruziv tekshiruv uskunalarini joriy etish va bu sohada tajriba almashishni davom ettirishga kelishildi.
Bojxona xizmatlari tomonidan IDK operator-tahlilchilari uchun kasbiy mahorat tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlov reglamenti tasdiqlandi va tayyorgarlik ishlari boshlangan.
OKTSning navbatdagi yig‘ilishi Qirg‘izistonda o‘tkaziladi.
OKTS — YeOII mamlakatlari bojxona va nazorat organlari rahbarlarining hamkorlik platformasi bo‘lib, u chegara nazorati, iqtisodiy xavfsizlik va axborot almashinuvini muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII savdo aylanmasi 16 mlrd dollardan oshdi – Aripov