Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ozod qilingan Krasnoarmeyskdan birinchi videolavha

Shaharda buzilmay qolgan birorta ham bino ko‘rinmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. “RIA Novosti” muxbiri Aleksandr Xarchenko ozod qilingan Krasnoarmeyskning birinchi videlavhasini namoyish qildi.
Lazurniy tumanida aksariyat binolarning vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ayrim ko‘p qavatlri binolardan faqat bir yoki ikkita devori qolgan.
Shaxtorskiy mahallasidagi deyarli butunlay vayron bo‘lgan bino ham ko‘rinadi: to‘qqiz qavatdan yettitasi qulab tushgan. Devorlarda ko‘plab shrapnel izlari ko‘rinadi.
Krasnoarmeyskdagi eng baland binolardan birida Rossiya askarlari o‘z bo‘linmasi bayrog‘ini ko‘tarib turibdi.
Shahar markazidagi Shibankov maydoni va Shaxtostroiteley xiyobonida aksariyat binolar shikastlangan, ammo qayta tiklashga yaroqli.
Bir paytlar Taras Shevchenko yodgorligi turgan maydondagi poydevor bo‘sh: yodgorlik demontaj qilingan va 2024-yil oxirida Dnepropetrovsk viloyatiga olib ketilgan.
Ko‘chalar bo‘m-bo‘sh, chunki dushman dronlari doim shahar ustida uchib turadi.
Ko‘chalardan birida yonib ketgan amerikaning MaxxPro zirhli mashinasini ko‘rish mumkin.
Krasnoarmeysk — DXR g‘arbida joylashgan yirik shahar bo‘lib, u yerda katta ko‘mir konlari, bir necha yirik sanoat korxonalari joylashgan. Shahar aholisi 2024-yilda 77 ming kishini tashkishl qilgan.