TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso rus va ukrainaliklarni o‘ldirilishini yoqlovchi Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamasligini aytdi.
“Agar rus yoki ukrainalikning hayoti G‘arbiy Yevropa uchun hech narsa bo‘lsa, men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni xohlamayman”, - deb yozi u o‘zining Facebook* dagi sahifasida.
Payshanba kuni Fitso Yevropa Kengashi prezidentiga Antonio Koshtaga, Slovaki 18-19 dekabr kunlari Brusselda bo‘lib o‘tadigan YeI sammitida Rossiya aktivlari hisobidan Ukrainaning harbiy xarajatlarini moliyalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamasligini yozgan edi.
Oldinroq Fitso Ukrainani qo‘llab-quvatlayotgan maktab o‘quvchilariga “Agar sizlar shunday qahramon ekansizlar, urushni qo‘llab-quvvatlar ekansizlar, Ukrainaga boringlar” degan edi.
*Rossiyada ta’qiqlangan ijtimoiy tarmoq