Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ushakov: Rossiya AQShning Ukraina bo‘yicha tahrirlangan rejasini ko‘rmadi

Rossiya prezidenti yordamchisi dam olish kunlari AQSh o‘z rejasi yuzasidan Ukraina va Yevropa vakillari bilan faol harakat qilishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Moskva Vashingtonning Kiyev bilan muloqotidan keyin AQShning Ukrainadagi mojaroni hal etish loyihasining tahrirlangan variantini hozircha ko‘rmadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
U kelayotgan dam olish kunlari AQSh Ukraina va Yevropa vakillari bilan faol harakat qilishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.
Bu muzokaralardan keyin o‘zgartirilgan hujjat Rossiya tomoniga taqdim etilishi mumkin.
“Yevropa va Ukraina bilan bu muzokaralardan keyin bizga qog‘oz yoi qog‘ozlarni ko‘rsatishlari kerak, va biz bu muloqotlardan keyin bu qog‘ozlar bilan nima bo‘lganini ko‘rishimiz kerak”, - dedi Ushakov.
Siyosatchi yangi rejada ko‘p narsalar Rossiya tomoniga ma’qul bo‘lmasligini istisno qilmadi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Strategik tashabbus Rossiyada”: Putinga maxsus operatsiyadagi vaziyat haqida ma’lumot berildi