Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Strategik tashabbus Rossiyada”: Putinga maxsus operatsiyadagi vaziyat haqida ma’lumot berildi

Rossiya armiyasi Kucherovka, Kurilovka va Severskni ozod qilgani ma’lum qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiyadagi joriy vaziyat muhokama qilingan yig‘ilishda DXRdagi Seversk to‘liq Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostiga o‘tgani haqidagi ma’lumotni oldi.
Rossiya Bosh shtabi qo‘mondoni Valeriy Gerasimov yig‘ilishda keltirgan asosiy ma’lumotlari:
“Shimol” qo‘shinlari hududida asosiy sa’y-harakatlar Sumi va Xarkov viloyatidagi xavfsizlik hududini chuqurlashtirishga qaratilgan.
Rossiya armiyasi Kucherovka, Kurilovka va Severskni ozod qildi.
“G‘arb” qo‘shinlari guruhi Oskol darosining chap qirg‘og‘ida janglarni davom ettirmoqda.
Konstantinovkadagi binolarning 45 foizi Rossiya harbiylari nazorati ostida.
“Janub” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Konstantinovka aholi punktida janglar bilan harakatlanmoqda.
Putinning asosiy bayonotlari:
Rossiya prezidenti barcha yo‘nalishlarda yaxshi sur’atni qayd etdi.
Maxsus harbiy operatsiya hududidagi strategik tashabbus butunlay Rossiya armiyasi qo‘lida.
Putin “Janub” qo‘shinlari guruhi qo‘mondoni unga Seversk 15-dekabrdan kechikmay Rossiya qo‘shinlari qo‘lida bo‘lishini aytganini aytdi.
Severskni qo‘lga kiritish birlashma komandirlarining muvofiqlashtirilgan ishi tufayli mumkin bo‘ldi.
Rossiya prezidenti hujum guruhlarini tayyorlash va muvofiqlashtirish jarayonida “Janub” qo‘shinlar guruhining shaxsiy tarkibi va qo‘mondonligining rolini ta’kidladi.
Severskdagi dushmanning qo‘lidan hech narsa kelmadi. Rossiya esa rejalashtirilgan hamma narsaga erishdi.
Kiyev Oskol darosining chap qirg‘og‘ida qurshab olingan jangchilarning taslim bo‘lishiga to‘sqinlik qilib, ularning yo‘q qilishga mahkum qiladi.
Zaporojye viloyatida “Sharq” guruhining olg‘a siljishi yuqori sur’atlarda davom etmoqda.
Ukrainaning chegaraoldi hududlarida xavfsizlik yo‘lagini yaratish rejaga ko‘ra ketmoqda.
Putin Severskni ozod qilgan maxsus harbiy operatsiya hududidagi harbiylarni tabrikladi va ularga ezgu tilaklarini bildirdi.