Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Lavrov mojaro chog‘ida Ukraina armiyasi yo‘qotishlari 1 mln kishidan oshganini ma’lum qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Kiyev rejimi neonatsizm mafkurasi bilan to‘yingan jangovar otraddan uyushgan jinoyatchi guruhga aylanganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek – Sputnik. Mojaro davomida Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Ko‘plab mustaqil baholashlarga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining odam yo‘qotishlari allaqachon bir million kishidan oshib ketgan”, - dedi dedi Rossiya TIV rahbari Ukrainada atrofidagi mojaroni hal qilish mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatida.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi neonatsizm mafkurasi bilan to‘yingan jangovar otraddan uyushgan jinoyatchi guruhga aylangan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ruhi tushgan Ukraina askarlari Xarkov viloyatida ommaviy taslim bo‘lmoqda