"O‘zbekiston tabiiy merosi" nomli yirik fotoko‘rgazma ochildi — foto

Tadbir iqlim o‘zgarishi sharoitida tabiiy boyliklarni muhofaza qilish va jamoatchilik e’tiborini ekologik muammolarga qaratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek — Sputnik, Bahrom Hatamov. Toshkent Fotosuratlar uyi 10-dekabr kuni O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Fotosuratlar uyi hamkorligida tayyorlangan "O‘zbekiston tabiiy merosi" fotoko‘rgazmasiga mezbonlik qildi.
Ko‘rgazma "8 dekabr — Jahon iqlim kuni" munosabati bilan ham, iqlim o‘zgarishi ta’siri ortib borayotgan bir paytda tabiat masalalariga bahamjihat e’tibor qaratish maqsadida tashkil etildi.
Ekspozitsiyada 60 ta fotosurat joy olgan bo‘lib, ular mamlakat tabiiy merosining gidrologik, geologik, biologik va paleontologik toifalarini qamrab oladi. Suratlarda Qoraqalpog‘iston cho‘llaridan tortib tog‘ manzaralarigacha, sharsharalardan boshlab qo‘riqxonalardagi noyob flora va faunagacha — O‘zbekiston tabiatining keng rang-barangligi yoritilgan.
Ko‘rgazmada professional va havaskor fotorassomlar asarlari taqdim etilgani tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ularning suratlari nafaqat go‘zallikni, balki stress ostida qolgan ekotizimlarning ahvolini ham aks ettiradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi natijasida suv resurslarining kamayishi, bioxilma-xillik pasayishi, tuproqning degradatsiyasi kabi xavflar ortayotgani suratlarda yaqqol namoyon.
1 / 18

Ochilishdagi Rustam Sharipov nutqi

2 / 18

H. Shorahmedov. G‘elon qishlog‘i. Qashqadaryo viloyati 2022

3 / 18

Tomoshabinlar

4 / 18

V. Goncharenko. Aydarko‘l. Navoiy viloyati, 2019

5 / 18

Ochilishda tomoshabinlar

6 / 18

R. Granovskaya. Qora tomoqli qichitqi, 2023

7 / 18

Fotosuratni muhokama jarayoni

8 / 18

A. Pan. So‘qoq qishlog‘i, Toshkent viloyati, 2023

9 / 18

Fotoko‘rgazma mehmonlari

10 / 18

Ko‘rgazma ishtirokchisi fotosuratchi Ramil Valiyev

11 / 18

Qo‘rgazma ishtirokchisi fotosuratchi Hamdam Shorahmedov

12 / 18

R. Yangayev. Hisorak, Qashqadaryo viloyati, 2024

13 / 18

Milliy nimcha kiygan tomoshabin

14 / 18

R. Granovskaya. Badak ko‘li. Toshkent viloyati 2019

15 / 18

Diqqat rasmda

16 / 18

H. Shorahmedov. G‘elon qishlog‘i. Qashqadaryo viloyati 2022

17 / 18

Peyzajga sho‘ng‘ish

18 / 18

Ko‘rgazma afishasi

"Tabiatni asrash — bu faqat mutaxassislar vazifasi emas. Bu har bir fuqaroning kundalik burchi. Tabiati yo‘qolgan xalqning kelajagi ham shubhali. Tabiat — bu o‘tmishdan meros emas, balki kelajak avlodlarga vaqtincha berilgan omonat", deydi ko‘rgazma kuratori Suhrob Qurbonov.

Ko‘rgazma doirasida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan chop etilgan "O‘zbekiston tabiiy merosi" va "O‘zbekiston tabiati fasllarda" nomli ilmiy-ommabop albom-kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi. Ularda mamlakatning tabiiy yodgorliklari, ko‘l va darolari, tog‘ va cho‘llari, qo‘riqlanadigan hududlari haqida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ma’lumotlar beriladi.
Ekolog-mutaxassislar fikricha, bunday tadbirlar aholining ekologik savodxonligini oshirish, ayniqsa yosh avlodda tabiatga mas’ul munosabatni shakllantirishda juda muhim.
Fotoko‘rgazma 14-dekabr kunigacha davom etadi va keng jamoatchilik uchun ochiq.