O‘zbekiston va YeOII

Shu yil YeOII va Indoneziya bitim imzolashi kutilmoqda – Slepnyov

YeIK savdo vaziri Indoneziya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi bitim haqiqatan ham keng ko‘lamli bo‘lishini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek – Sputnik. Indoneziya va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim bu yil imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Indoneziya mavzusini davom ettirib, bitim imzolanishi bu yil navbatdagi savdo kengashida bo‘lib o‘tishini kutmoqdamiz”, - dedi u.

YeIK vazirining ta’kidlashicha, ba’zi mamlakatlarda tayyorgarlik bilan bog‘liq ichki tartib-tamoyillar hali ham davom etmoqda.
“Bitim haqiqatan ham keng ko‘lamli, bu bizning eng yirik hamkorimiz bo‘ladi - 250 million aholi, tez rivojlanayotgan iqtisodiyot. Ya’ni, imkoniyatlar juda yaxshi”, - dedi Slepnyov.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Hindiston erkin savdo hududini yaratish to‘g‘risida muzokaralarni boshladi