TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yakunlari” mavzusida Toshkent–Moskva videoko‘prigi bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent studiyasidagi ishtirokchilar:
O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya va MDH mamlakatlaridan investitsiyalarni jalb qilish departamenti boshlig‘i Ervin Turg‘unov.
Moskvada:
Rossiya Fanlar akademiyasi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining (IMEMO RAN) Postsovet tadqiqotlari markazi sektor mudiri Yelena Kuzmina.
Eslatib o‘tamiz, 3-dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 26-yig‘ilishi, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tgan edi.
Videomuloqot ishtirokchilari ana shu tadbirlar natijalarini muhokama qilib, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar almashmoqda.