TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Konstantinovka yo‘nalishida Rossiya harbiylari Ukraina tomonining uchuvchisiz tizimlarida ayollar soni ortib borayotganini qayd etmoqda. Bu haqda RIA Novostiga "Janub" guruhi tarkibidagi 10-gvardiya polkining uchuvchisiz apparatlar operatori, chaqiruv belgisi “Dizel” bo‘lgan harbiy ma’lum qildi.
Uning aytishicha, razvedka parvozlari paytida bir necha marta Ukraina dronlarini aynan ayollar boshqarayotgani aniqlangan.
“Ularda ayollar ham jang qiladi — ayniqsa uchuvchisiz tizimlarda. Bir necha bor kuzatganmiz: razvedkada dushman nuqtasini topdik, va u yerdan bir ayol chiqib, dronni ishga tushirib, yana olib kirib ketdi”, — dedi "Dizel".