TOShKENT, 9 dek – Sputnik. 10-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yakunlari” mavzusida Toshkent – Moskva – Novosibirsk videoko‘prigi o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar:
Toshkent shahrida:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya va MDH mamlakatlaridan investitsiyalarni jalb etish departamenti boshlig‘i Ervin Turg‘unov;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakili.
Moskva shahrida:
Rossiya Fanlar akademiyasi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining (IMEMO RAN) Postsovet tadqiqotlari markazi sektor mudiri Yelena Kuzmina.
Ma’lumot uchun, 3-dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 26-yig‘ilishi hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Videomuloqot ishtirokchilari mazkur tadbirlarning yakunlariga baho berib, iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid takliflar bilan o‘rtoqlashadilar.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev