Telegram O‘zbekistonda to‘lov, sarmoya va kripto operatsiyalari uchun “Hamon”ni ishga tushirdi

Wallet orqali messenjerning o‘zida pul o‘tkazish, sarmoya kiritish va kripto-aktivlar bilan savdo qilish mumkin bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. O‘zbekistonda Telegram hamoni rasman ishga tushirildi va shu munosabat bilan maxsus taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Hamonning mamlakatda rasman faoliyat boshlashiga bag‘ishlangan tadbirda Telegram’ning Wallet xizmati texnik direktori Aleksandr Tobol yangi servis imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Uning aytishicha, Wallet foydalanuvchilarga messenjerning o‘zida pul o‘tkazish, sarmoya kiritish, turli savdo va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini taqdim etadi.
Qayd etilishicha, hamon ilgari ham hududda ishlayotgan bo‘lgan, bugun esa uning rasman ishga tushirilgani e’lon qilindi.
O‘zbekistonda steyblkoinlar muomalaga kiritilishi mumkin