Qishloq xo‘jaligi kuni: 100 nafardan ziyod fidokor mukofotlar bilan taqdirlandi

Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan sohada alohida xizmat ko‘rsatgan bir guruh yurtdoshlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi.
Sputnik
TAShKENT, 9 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, intensiv agrotexnik usullarni qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish, el-yurt farovonligini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlarni sifatli qayta ishlash, yurtimiz eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi samarali faoliyati, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun", - deyiladi farmon matnida.
Farmonga muvofiq:
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor" faxriy unvoni bilan - 2 kishi
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi" faxriy unvoni bilan - 5 kishi;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator" faxriy unvoni bilan - 2 kishi;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi" faxriy unvoni bilan - 1 kishi;
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan - 2 kishi;
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan - 19 kishi;
"Do‘stlik" ordeni bilan - 18 kishi;
"Jasorat" medali bilan - 9 kishi;
"Kelajak bunyodkori" medali bilan - 2 kishi;
"Shuhrat" medali bilan - 50 kishi mukofotlandi.
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati quyida.
Kasaba uyushmalari fidoyilari orden va medallar bilan mukofotlandi