TOShKENT, 8 dek – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy Vashington tomonidan taklif qilingan tinchlik rejasi loyihasi bilan hali tanishmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi. Bu haqda u Kennedi markazi mukofotini topshirishdan ma’lum qildi.
“Prezident Zelenskiy taklifni hali o‘qimaganidan biroz hafsalasampir bo‘ldi”, - dedi AQSh rahbari.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik jarayoni bo‘yicha muzokaralar Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham, Ukrainani boshqarayotganlar, jumladan, Kiyev rejimi rahbari bilan ham bo‘lib o‘tmoqda. Biroq Amerika yetakchisi Kiyevdagi boshqa hokimiyat vakillari sifatida kimni nazarda tutayotganini ochiqlamadi.
2 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kushnerni qabul qildi. Tomonlar taxminan besh soat davomida tinchlik rejasining mohiyatini muhokama qilishdi, murosali variantga hali erishilmadi.