O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston elektr uzatish tarmoqlari quvvatini oshiradi

Qirg‘iziston energetika vaziri uch mamlakat Jahon banki dasturi ko‘magida chegara hududlaridagi elektr uzatish liniyalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bilan shug‘ullayotganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 8dek – Sputnik. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaraoldi elektr uzatish tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi. Bu haqda Qirg‘iziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ibrayevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Jahon banki dasturi ko‘magida chegara hududlaridagi elektr uzatish liniyalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bilan shug‘ullanmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qambarota GES-1 loyihasining amalga oshirilishi sanoat korxonalarini qo‘shimcha elektr energiyasi bilan ta’minlash va oziq-ovqat dasturlarini bajarish imkonini beradi.
Eslatamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ibrayevni qabul qilgani va uchrashuvda, jumladan, energetika sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgani xabar qilingan edi.
Qishda elektr va gaz o‘chmasin — prezident yig‘ilishda yana qanday topshiriqlar berdi?