O‘zbekiston va YeOII

Qozog‘iston prezidenti YeIK rahbari bilan YeOIIni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

Uchrashuvda 2026-yilda Qozog‘istonning YeOII organlariga raisligiga alohida e’tibor qaratildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Ostona shahrida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayevni qabul qildi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.
2026 yilda Qozog‘istonning YeOII organlariga raisligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Sagintayev Toqayevga 21-dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni haqida ma’lumot berdi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

O‘zbekiston va YeOII
YeIK YeOIIdagi birinchi kooperatsiya loyihasini subsidiyalashni ma’qulladi