Chiptalarga chegirma, qo‘shimcha poyezdlar: O‘zbekiston–Rossiya temir yo‘llari Memorandum imzoladi

Ta’kidlanishicha, Memorandum ikki mamlakat transport tarmog‘ini optimallashtirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi
Sputnik
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, uning sho‘ba korxonasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ hamda Rossiyaning “Federal yo‘lovchi kompaniyasi” AJ o‘rtasidagi uchrashuvda davlatlararo yo‘lovchi tashish sohasida tarif siyosati bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Bu haqda "Uzbekiston temir yullari" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar davomida shuningdek qo‘shma marketing tashabbuslari bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi
Uzbekistan i RF optimiziruyut tarifi na passajirskie j/d perevozki
Imzolangan Memorandum davlatlararo yo‘lovchi tashishda muvozanatli tarif siyosatini shakllantirishga qaratilgan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
Hujjatga muvofiq, tomonlar moslashuvchan tarif va chegirmalar joriy etish, tarif yechimlarini birgalikda tahlil qilish, xalqaro tajriba almashish, raqamli yechimlarni qo‘llash, shuningdek qo‘shimcha xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston o‘rtasida tashuvlar uchun imtiyozli tarif joriy etilish mumkin